Birdamlik.uz

Qiyinchiliklarga duch kelgan vatandoshlaringizga yordam berishni xohlaysizmi?
Yordam beruvchilar safiga qo‘shiling va Covid-19ni mag‘lub etish uchun jamiyatimizni safarbar qilishga yordam bering! Hammamiz – birgamiz!

Bog‘lanish:
Telegram Sayt

Boshqa xizmatlar

Xorijdagi o‘zbekistonliklarga yordam beruvchi yangi loyiha ish boshladi. Pandemiya sharoitida xorijda og‘ir ahvolga tushib qolgan migrantlarga yordam berish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida #BIRGAMIZ loyihasi ishga tushirildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faol blogerlar bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘ygan ushbu loyihaga ko‘pchilik faol va xayriyachi yurtdoshlarimiz qiziqish bildirmoqda va qo‘llab-quvvatlamoqda. Fuqarolarga qulaylik yaratish va jarayonlarning tezkorligini ta'minlash uchun loyihaning www.birgamiz.com sayti ishga tushirilgan, murojaatlarni elektron qabul qilish, koll markaz xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi “OBOD XONADON” aksiyasi doirasida Sirdaryolik vatandoshlarimizga uy-joy qurish va ta'mirlashga yordam berishlikni lozim topdi. “Obod xonadon” aksiyasida sirdaryoliklarning boshiga kelgan bu ofatni o‘z boshimizga tushgandek bilib, har qanday yordam bo‘lsa ishtirok etaylik! Obod xonadon aksiyasi uchun karta raqam: 💳 8600 5103 7434 0698 (Mirzaaxmedov Miraziz nomida)
Diqqat! Xayriya: «Sardobada uy quramiz!» Hurmatli yurtdoshlar! Xabaringiz bor, “Sardoba” suv ombori bilan bog‘liq noxush hodisa ko‘pchilikni qayg‘uga soldi. Hodisa ro‘y bergan birinchi kundanoq saxovatli xalqimiz sirdaryoliklar uchun yordam qo‘llarini cho‘zmoqdalar. OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha xayriya guruhlarining faoliyati haqida xabarlar kelib turibdi. «Azon new media» va «Dream house» kompaniyalari ham ushbu xayrli ishlarga hissa qo‘shish maqsadida “Sardobada uy quramiz” xayriya loyihasi boshlaganini hamda 10 nafar ehtiyojmand oilaga kompaniya hisobidan uy qurib berilishini ma'lum qiladi. Mazkur aksiyaga qo‘shilish niyatida bo‘lgan xususiy tashkilot, korxona va tadbirkorlarni ham hamkorlikka chaqiramiz. Loyiha doirasida ushbu fojiada yashash joyidan ayrilgan hamyurtlarimizdan yana 20 nafariga uy qurib berish rejalashtirilgan. Xayriya ko‘lamiga qarab bu raqam ortib boradi, inshaalloh. Xayrli ishga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar quyidagi bank kartasiga mablag‘ o‘tkazish orqali savobga sherik bo‘lishlari mumkin: 8600 5103 5004 3837 (Mazkur plastik kartochka menejerimiz Sobir G‘iyosovga tegishli). Yuridik tashkilotlar, shuningdek, naqd pul yoki qurilish materiallari bilan yordam bermoqchi bo‘lganlar +998 99 520 55 50 raqamiga bog‘lanishlarini so‘raymiz. Alloh yor va yordamchimiz bo‘lsin!..
KORONAVIRUS INFEKSIYASI (COVID-19)? TO‘G‘RISIDA NIMANI BILISH KЕRAK?
COVID-19 bo‘yicha Sizni qiziqtirayotgan savollarga javoblar olish
coronavirus.uz