BIRGAMIZ

Xorijdagi o‘zbekistonliklarga yordam beruvchi yangi loyiha ish boshladi. Pandemiya sharoitida xorijda og‘ir ahvolga tushib qolgan migrantlarga yordam berish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida #BIRGAMIZ loyihasi ishga tushirildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faol blogerlar bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘ygan ushbu loyihaga ko‘pchilik faol va xayriyachi yurtdoshlarimiz qiziqish bildirmoqda va qo‘llab-quvvatlamoqda. Fuqarolarga qulaylik yaratish va jarayonlarning tezkorligini ta’minlash uchun loyihaning www.birgamiz.com sayti ishga tushirilgan, murojaatlarni elektron qabul qilish, koll markaz xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Boshqa xizmatlar

Internet magazinlarda sotiladigan eng zo'r maxsulotlar, ularni sotib olish, ular haqida ma'lumotlarni beramiz.
Agar sizda COVID-19 kasalligi bo‘lsa, qayerga borish kerak? Aksariyat odamlar uyda qolib, mustaqil davolanishni afzal ko‘radilar. Ba'zilar koronavirus infeksiyasini davolashda maxsus dori vositalaridan foydalanish natijasida o‘zlariga zarar yetkazishlari mumkin. Bunday paytda albatta mutaxassislarning maslahati bilan davolanish zarur. Agarda kasallikning alomatlari sizda boshlanib, o‘zingizni yomon his qilsangiz, darhol tuman oilaviy poliklinikasiga qo‘ng‘iroq qiling. Tez yordam 103 ga emas, balki o‘zingizning poliklinikangizga murojaaat qiling. Epidemiya davrida barcha poliklinikalar 24 soat davomida uzluksiz faoliyat yuritib, haftasiga 7 kun ishlamoqda. Bizning veb-saytimizda mamlakatimizdagi poliklinikalarning raqamlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Qiyinchiliklarga duch kelgan vatandoshlaringizga yordam berishni xohlaysizmi? Yordam beruvchilar safiga qo‘shiling va Covid-19ni mag‘lub etish uchun jamiyatimizni safarbar qilishga yordam bering! Hammamiz - birgamiz!
KORONAVIRUS INFEKSIYASI (COVID-19)? TO‘G‘RISIDA NIMANI BILISH KЕRAK?
COVID-19 bo‘yicha Sizni qiziqtirayotgan savollarga javoblar olish
coronavirus.uz