Savol bering – javob oling

Sizni qiziqtirayotgan turli-tuman savollarga jo‘yali javoblar oling hamda bilimingizni oshiring.

Bo‘lishing:
Internet magazinlarda sotiladigan eng zo'r maxsulotlar, ularni sotib olish, ular haqida ma'lumotlarni beramiz.
Agar sizda COVID-19 kasalligi bo‘lsa, qayerga borish kerak? Aksariyat odamlar uyda qolib, mustaqil davolanishni afzal ko‘radilar. Ba'zilar koronavirus infeksiyasini davolashda maxsus dori vositalaridan foydalanish natijasida o‘zlariga zarar yetkazishlari mumkin. Bunday paytda albatta mutaxassislarning maslahati bilan davolanish zarur. Agarda kasallikning alomatlari sizda boshlanib, o‘zingizni yomon his qilsangiz, darhol tuman oilaviy poliklinikasiga qo‘ng‘iroq qiling. Tez yordam 103 ga emas, balki o‘zingizning poliklinikangizga murojaaat qiling. Epidemiya davrida barcha poliklinikalar 24 soat davomida uzluksiz faoliyat yuritib, haftasiga 7 kun ishlamoqda. Bizning veb-saytimizda mamlakatimizdagi poliklinikalarning raqamlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Xorijdagi o‘zbekistonliklarga yordam beruvchi yangi loyiha ish boshladi. Pandemiya sharoitida xorijda og‘ir ahvolga tushib qolgan migrantlarga yordam berish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida #BIRGAMIZ loyihasi ishga tushirildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faol blogerlar bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘ygan ushbu loyihaga ko‘pchilik faol va xayriyachi yurtdoshlarimiz qiziqish bildirmoqda va qo‘llab-quvvatlamoqda. Fuqarolarga qulaylik yaratish va jarayonlarning tezkorligini ta'minlash uchun loyihaning www.birgamiz.com sayti ishga tushirilgan, murojaatlarni elektron qabul qilish, koll markaz xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida tadbirkorlarning murojaatlari bilan masofadan kundalik shug‘ullanish maqsadida “@SektorUzBot” telegram – bot dasturi ishlab chiqildi. Mazkur telegram – bot kanali Sirdaryo viloyatining Boyovut va Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanlarida tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bundan buyon, mamlakatimizning barcha hududlaridagi tadbirkorlar mazkur telegram-bot kanali orqali elektron ro‘yxatdan o‘tib, kundalik masalalarni hal etish yuzasidan joylardagi sektorlar (hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq) rahbarlariga elektron-onlayn murojaat etishlari va qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin bo‘ladi. Telegram–bot kanalida tadbirkorlar “sektorbay” ro‘yxatga olinadi va ularning murojaatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri biriktirilgan sektor rahbariga kelib tushadi. Sektor rahbari murojaatni zudlik bilan mas'ul ijrochi (bank, adliya, soliq, sug‘urta, elektr-gaz ta'minoti korxonalari va hokazo)ga yuboradi va uning ijrosini nazoratga oladi. Tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishini muvofiqlashtirish maqsadida viloyat, tuman va shaharlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlarida maxsus shtablar tashkil etilgan. Barcha tadbirkorlik sub'ektlari “@SektorUzBot” telegram kanali orqali sektor rahbarlariga elektron-onlayn murojaat qilishlari mumkin.
“Lalu — Homiladorlik maktabi” tarkibidagi kontent Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Amerika akusherlik va ginekologiya kolleji hamda Sogʻlikni saqlash vazirligi maʼlumotlariga tayanilgan holda shakllantirilgan. Boʻlajak farzandingizni va undagi ajib oʻzgarishlarni teran anglashingizda, “Homiladorlik maktabi” mobil ilovasi sizga butun homiladorligingiz davomida hamrohlik qiladi.
Psixologik onlayn maslahatlar.
"Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi" DK, onlayn maslahatlar berib kelmoqda. Onlayn maslahatlar markaz rasmiy veb-sayti uzakusherstvo.uz va  @aig_onlayn_uz_bot telegram boti orqali soat 9.00 dan 14.00 gacha har kuni (yakshanba kunidan tashqari) beriladi. Sizning savollaringizga 25 ta malakali mutaxassislar tomonidan navbatma-navbat axborot va tavsiya mazmunida maslahatlar beriladi. Savollarinigizni yozing! Sog' bo'ling!
Kechayu-kunduz ishlaydigan onlayn klinika. Karantin paytida shifokor bilan bepul maslahatlashish. Video, ovoz va chat.
Aviachiptalar va reyslar haqida online ma'lumot.
“Dori-Darmon” dorixonalar tarmog’ida dori vositalari va tibbiy maqsadli buyumlar mavjudligi to’g’risida 1002 telefon raqami orqali axborot-ma’lumotnoma xizmatlarini ko’rsatish (kunu-tun).
Kompaniya rasmiy sayti www.doridarmon.uz orqali “Dori-Darmon” dorixonalar tarmog’ida mavjud dori vositalari va tibbiy buyumlarni  izlash, dorixonalarning telefon raqamlarini va joylashgan manzilini aniqlash.
Mobil ilova va bot. Barcha mahalliy mobil operatorlar to'g'risida rus va o'zbek tillarida ma'lumot olishingiz mumkin.
KORONAVIRUS INFEKSIYASI (COVID-19)? TO‘G‘RISIDA NIMANI BILISH KЕRAK?
COVID-19 bo‘yicha Sizni qiziqtirayotgan savollarga javoblar olish
coronavirus.uz