Agar sizda COVID-19 kasalligi bo‘lsa, qayerga borish kerak?
Aksariyat odamlar uyda qolib, mustaqil davolanishni afzal ko‘radilar. Ba'zilar koronavirus infeksiyasini davolashda maxsus dori vositalaridan foydalanish natijasida o‘zlariga zarar yetkazishlari mumkin. Bunday paytda albatta mutaxassislarning maslahati bilan davolanish zarur.
Agarda kasallikning alomatlari sizda boshlanib, o‘zingizni yomon his qilsangiz, darhol tuman oilaviy poliklinikasiga qo‘ng‘iroq qiling. Tez yordam 103 ga emas, balki o‘zingizning poliklinikangizga murojaaat qiling. Epidemiya davrida barcha poliklinikalar 24 soat davomida uzluksiz faoliyat yuritib, haftasiga 7 kun ishlamoqda.
Bizning veb-saytimizda mamlakatimizdagi poliklinikalarning raqamlari ko‘rsatib o‘tilgan.