Turli tanlovlarda qatnashing

Karantin davrida uyingizda yaqinlaringiz bilan qiziqarli tanlovlarda qatnashing va turli yo‘nalishlarda g‘olib bo‘lib, mukofotlarni qo‘lga kiriting.

Bo‘lishing:
“Q-Star” Talantlar Shousi Uydan chiqmagan holda yulduzga aylaning! Biz har bir insonda kamida bitta yashirin talant borligiga ishonamiz. Agar Siz... - dushda qo‘shiq kuylashni - hech kim ko‘rmaganda raqs tushishni - do‘stlaringiz portretini chizishni - gitara chalishni - mazali va chiroyli taomlar tayyorlashni - fokuslar ko‘rsatishni yoki Pepsi idishi/bankalari bilan mohirona harakatlar qilishni yoqtirsangiz, Sizning yulduzli onlaringiz keldi! Betakror talantingizni videoga oling va bizga Telegram orqali yuboring! Har uch kunda biz 5-10 ta ishtrokchilardan iborat guruh tuzamiz va kanal a’zolari ular orasidan ovoz berish yo‘li bilan g‘olibni aniqlaydilar. Sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullaning va “Q-Star”dan zo‘r sovg‘alarni yutib oling.
Bolalar orasida «Oilam uchun davlat xizmatlari» mavzusida rasmlar onlayn tanlovi. Tanlov maqsadi: O‘zbekiston aholisini Davlat xizmatlari agentligi hamda hududlardagi Davlat xizmatlari markazlari faoliyati to‘g‘risida xabardorligini oshirish; Tanlovda kimlar qatnashishi mumkin? Respublikamizning barcha hududlarida yashayotgan bolalar quyidagi ikki yosh toifasida ishtirok etishadi: 1) 6-9 yosh 2) 10-14 yosh Ishtirok eting va qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling!
Ta'lim portali
Kibersport va videouyinlar to‘g‘risida maqolalar. Tanlov va sovrinlar.
IT Park pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha IT-echimlar uchun “COVID-19 Challenge 2020” tanlovini ishga tushirmoqda. Uning maqsadi - COVID-19 pandemiyasining oqibatlarini yumshatish uchun innovasion vosita va yechimlarni barpo etishdan iborat. Ushbu yechimlar tezlik bilan tarqalishi va istiqbolda umummilliy miqyosni qamrab olishi ko‘zda tutilgan.
“Jahon adabiyoti” jurnali tahririyati uyda qolayotgan kitobxonlar – oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari, yosh pedagog va murabbiylar o‘rtasida “Pandemiyani ilm va intizom bilan yengamiz” shiori ostida maxsus tanlov e'lon qiladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi YUNISEF xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun “Nima deb oʻylaysiz..?“ rukni ostida insholar tanlovini eʼlon qiladi. Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad karantin davrida oʻquvchilar vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularga ijodiy qobiliyati va amaliy koʻnikmalarini namoyish etish imkonini berish hamda ularning oʻz fikrlarini mustaqil va erkin bayon qilish savodxonligini oshirishdan iborat. Eng asosiysi, yosh isteʼdodlarni izlab topish hisoblanadi.
Karantin davrida o'quvchilarni bekorchilikdan saqlab qolgan holda Innavatsion Rivojlanish vazirliki bilan birgalikda yangi loyixa - "Online Musobaqa"ni ishga tushurdik.
Bu COVID-19 pandemiyasining taʼsirini yumshatishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar uchun onlayn tanlov boʼlib, unda Oʼzbekistonning barcha hududlaridan yosh innovatorlar pandemiyadan aziyat chekkanlarga yordam berish uchun bilim, texnologiya, tibbiyot va tadbirkorlikni birlashtirib hamkorlikda innovatsiyalarni yaratishlari mumkin.
Bolalarni insholar tanlovida ishtirok etishga chorlaymiz! Tanlov 3 guruh (4-7, 8-10, 11-13 yosh) bolalari o‘rtasida bo‘lib, yoshga qarab tanlov topshiriqlari beriladi hamda har bir guruh bo‘yicha 2 nafardan g‘oliblar saralab olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Uydagi yulduzlar” tanlovini e'lon qiladi. Tanlov shartlari: karantin davrida uyingizda ijod bilan mashg‘ul ekaningizni tasvirga olib, ijod namunangizni @mvforbot botiga yuboring. Ishtirokchilar yoshi chegaralanmagan, ya'ni tanlovda barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. Har bir yo‘nalish g‘olibi 2 000 000 so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritadi.  Tanlov 25 martdan 25 aprelga qadar davom etadi.
Respublika ta'lim markazi tomonidan ota-onalarni farzandlari bilan birgalikda dars tayyorlashga rag‘batlantirish hamda ta'til davrini mazmunli tashkil etish maqsadida onlayn tanlov o‘tkaziladi.
KORONAVIRUS INFEKSIYASI (COVID-19)? TO‘G‘RISIDA NIMANI BILISH KЕRAK?
COVID-19 bo‘yicha Sizni qiziqtirayotgan savollarga javoblar olish
coronavirus.uz