Saxovat va ko‘mak

“Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi Respublika va viloyatlar bo‘linmalari hisobvaraqlari to‘g‘risida
MA’LUMOT – http://cc.uz/165pt. “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilgan harakat mablag‘lari karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalarga, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan jismoniy shaxslarga yordam berish uchun ishlatiladi. Ular pul mablag‘lari, kundalik iste’mol tovarlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlanadi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi va uning hududiy bo‘linmalari huzurida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi uchun ochilgan hisobvaraqlar ro‘yxati – https://cbu.uz/upload/media/docs/fund/accounts.xlsx

Bog‘lanish:
Telegram Sayt

Boshqa xizmatlar

Qiyinchiliklarga duch kelgan vatandoshlaringizga yordam berishni xohlaysizmi? Yordam beruvchilar safiga qo‘shiling va Covid-19ni mag‘lub etish uchun jamiyatimizni safarbar qilishga yordam bering! Hammamiz - birgamiz!
Xorijdagi o‘zbekistonliklarga yordam beruvchi yangi loyiha ish boshladi. Pandemiya sharoitida xorijda og‘ir ahvolga tushib qolgan migrantlarga yordam berish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida #BIRGAMIZ loyihasi ishga tushirildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faol blogerlar bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘ygan ushbu loyihaga ko‘pchilik faol va xayriyachi yurtdoshlarimiz qiziqish bildirmoqda va qo‘llab-quvvatlamoqda. Fuqarolarga qulaylik yaratish va jarayonlarning tezkorligini ta'minlash uchun loyihaning www.birgamiz.com sayti ishga tushirilgan, murojaatlarni elektron qabul qilish, koll markaz xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi “OBOD XONADON” aksiyasi doirasida Sirdaryolik vatandoshlarimizga uy-joy qurish va ta'mirlashga yordam berishlikni lozim topdi. “Obod xonadon” aksiyasida sirdaryoliklarning boshiga kelgan bu ofatni o‘z boshimizga tushgandek bilib, har qanday yordam bo‘lsa ishtirok etaylik! Obod xonadon aksiyasi uchun karta raqam: 💳 8600 5103 7434 0698 (Mirzaaxmedov Miraziz nomida)
KORONAVIRUS INFEKSIYASI (COVID-19)? TO‘G‘RISIDA NIMANI BILISH KЕRAK?
COVID-19 bo‘yicha Sizni qiziqtirayotgan savollarga javoblar olish
coronavirus.uz