SektorUzBot

Koronavirus pandemiyasi sharoitida tadbirkorlarning murojaatlari bilan masofadan kundalik shug‘ullanish maqsadida “@SektorUzBot” telegram – bot dasturi ishlab chiqildi. Mazkur telegram – bot kanali Sirdaryo viloyatining Boyovut va Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanlarida tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bundan buyon, mamlakatimizning barcha hududlaridagi tadbirkorlar mazkur telegram-bot kanali orqali elektron ro‘yxatdan o‘tib, kundalik masalalarni hal etish yuzasidan joylardagi sektorlar (hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq) rahbarlariga elektron-onlayn murojaat etishlari va qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin bo‘ladi. Telegram–bot kanalida tadbirkorlar “sektorbay” ro‘yxatga olinadi va ularning murojaatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri biriktirilgan sektor rahbariga kelib tushadi. Sektor rahbari murojaatni zudlik bilan mas’ul ijrochi (bank, adliya, soliq, sug‘urta, elektr-gaz ta’minoti korxonalari va hokazo)ga yuboradi va uning ijrosini nazoratga oladi. Tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishini muvofiqlashtirish maqsadida viloyat, tuman va shaharlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlarida maxsus shtablar tashkil etilgan. Barcha tadbirkorlik sub’ektlari “@SektorUzBot” telegram kanali orqali sektor rahbarlariga elektron-onlayn murojaat qilishlari mumkin.

Bog‘lanish:
Telegram Sayt

Boshqa xizmatlar

"Okto" to'lov xizmati - bu sotishda tezkorlik va qulaylik. "Octo" to'lov xizmati onlayn-savdo uchun eng keng va moslashuvchan vositalarni yaratadi. Siz Internet-do'kon, yetkazib berish xizmati, elektron tijorat platformasini yaratganingizdan yoki mehmonxona biznesingizdan qat'i nazar, yoki o'zingizni instagramda va facebook-da sotishingizdan qat'iy nazar, qulay interfeys va ustun funktsional imkoniyat foydalanuvchilar uchun eng yaxshi mahsulotni yaratishga yordam beradi. Xalqaro biznesingizni octo to'lov xizmati orqali to'g'ridan-to'g'ri O'zbekistondan boshlang.
Uyni loyihalashtirish va qurishda eng muhimi ko‘p yillik tajribaga ega arxitektorlik studiyasini tanlash!
BOTFACTORY.UZ - Dasturiy bilimlarsiz Telegram BOT INTERNET MAGAZIN va Sotuvchi botlarni 1 soat ichida yasovchi platforma.
KORONAVIRUS INFEKSIYASI (COVID-19)? TO‘G‘RISIDA NIMANI BILISH KЕRAK?
COVID-19 bo‘yicha Sizni qiziqtirayotgan savollarga javoblar olish
coronavirus.uz