Sirdaryoliklarga yordam

«Hilol-nashr» matbaa-nashriyoti, Islom.uz portali, Muslimaat.uz hamda Grand ta’lim NTM jamoasi sirdaryolik yurtdoshlarimizga yordam karvonini yuborilishini e’lon qiladi. Azizlar, iltimos, sirdaryoliklarning boshiga kelgan bu ofatni o‘z boshimizga tushgandek his qilib, kattayu kichik har qanday yordam bo‘lsa, darhol yuboraylik! Yordam berishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar Click yoki PayMe orqali quyidagi plastik karta raqamiga mablag‘ o‘tkazishlari mumkin: 💳 8600 3329 4846 7836 URMANOV IXLOSIDDIN Naqd puldagi xayriya mablag‘larini ham qabul qilamiz. Eng zarur yordamlar:
– oziq-ovqatlar (guruch, yog‘, un, tuxum va h.k.);
– gigienik vositalar (sovun, tualet qog‘oz, bolalar tagliklari va h.k.);
– ko‘rpa-to‘shaklar, choyshablar;
– kiyim-boshlar (erkaklar, ayollar, bolalar uchun);
– dori-darmonlar.

Ofatdan zarar ko‘rgan qarindoshlar, tanishlar bo‘lsa, ular bilan bog‘lanib, nima kerakligini so‘rab, bizga xabar qiling!

Xayriya shtabi manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, So‘galli ota ko‘chasi, 5-uy. Telefonlar: +998 93 397 0012 Savollar uchun: @grandtalimadmin_bot

Boshqa xizmatlar

Qiyinchiliklarga duch kelgan vatandoshlaringizga yordam berishni xohlaysizmi? Yordam beruvchilar safiga qo‘shiling va Covid-19ni mag‘lub etish uchun jamiyatimizni safarbar qilishga yordam bering! Hammamiz - birgamiz!
Xorijdagi o‘zbekistonliklarga yordam beruvchi yangi loyiha ish boshladi. Pandemiya sharoitida xorijda og‘ir ahvolga tushib qolgan migrantlarga yordam berish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida #BIRGAMIZ loyihasi ishga tushirildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faol blogerlar bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘ygan ushbu loyihaga ko‘pchilik faol va xayriyachi yurtdoshlarimiz qiziqish bildirmoqda va qo‘llab-quvvatlamoqda. Fuqarolarga qulaylik yaratish va jarayonlarning tezkorligini ta'minlash uchun loyihaning www.birgamiz.com sayti ishga tushirilgan, murojaatlarni elektron qabul qilish, koll markaz xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi “OBOD XONADON” aksiyasi doirasida Sirdaryolik vatandoshlarimizga uy-joy qurish va ta'mirlashga yordam berishlikni lozim topdi. “Obod xonadon” aksiyasida sirdaryoliklarning boshiga kelgan bu ofatni o‘z boshimizga tushgandek bilib, har qanday yordam bo‘lsa ishtirok etaylik! Obod xonadon aksiyasi uchun karta raqam: 💳 8600 5103 7434 0698 (Mirzaaxmedov Miraziz nomida)
KORONAVIRUS INFEKSIYASI (COVID-19)? TO‘G‘RISIDA NIMANI BILISH KЕRAK?
COVID-19 bo‘yicha Sizni qiziqtirayotgan savollarga javoblar olish
coronavirus.uz